"Raketa uchirilganining belgilari kuzatilmadi. Uchirishning nima sababdan bekor qilingani noma’lumligicha qolmoqda, texnik nosozlik yuz bergani ehtimoli ham istisno etilmagan. Putin Tramp bilan bo‘lajak muzokaralari oldidan Rossiya yadroviy arsenalining zaifligini ko‘rsatishni xohlamaydi", deb yozadi nashr.
Kecha Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi Rossiya 19 mayga o‘tar kechasi “Yars” qit’alararo ballistik raketasini uchirishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
Qayd etish joizki, Rossiya “Yars” qit’alararo raketasini avval ham ikki marta uchirishga uringan, ammo bu urinishlar muvaffaqiyatsiz tugagan edi.