Kuba Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Rossiya harbiy kemalari («Admiral Gorshkov» fregati, «Qozon» atom suv osti kemasi, «Akademik Pashin» tankeri va «Nikolay Chiker» qutqaruv kemasi) 12 iyun kuni «rasmiy tashrif bilan» Gavana portiga kiradi.
«Ushbu tashrif Kuba va Rossiya o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik munosabatlari bilan bog‘liq va xalqaro qoidalarga qat’iy amal qiladi. Kemalarning hech birida yadro quroli yo‘q, shuning uchun ularning mamlakatimizda bo‘lishi mintaqa uchun xavf tug‘dirmaydi», — dedi Kuba Mudofaa vazirligi.
«Qo‘shma Shtatlar Rossiya kemalari otryadining Kubaga tashrifi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatmoqda va bu hodisani o‘z milliy xavfsizligiga tahdid deb bilmaydi», - dedi Oq uy.