Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya Xitoyga eng yirik neft yetkazib beruvchiga aylandi

Rossiya Xitoyga eng yirik neft yetkazib beruvchiga aylandi

Rossiya Xitoyga neft eksporti bo‘yicha yetakchiga aylandi va may oyida yetkazib berish hajmini rekord darajaga – 8,42 million tonnaga oshirdi – o‘tgan yilga nisbatan 55 foizga ko‘p.

Xitoy Yevropa Ittifoqidan tashqarida Rossiya neft va gazining asosiy importchisi hisoblanadi.

Iyun oyi boshida Yevropa Ittifoqi Rossiyadan neft importini deyarli butunlay to‘xtatishga rozi bo‘ldi va Yevropaning Rossiya energiya resurslariga qattiq qaramligiga qaramay, joriy yil oxirigacha Rossiya gazini iste’mol qilishni uchdan ikki qismga qisqartirishga tayyor.

Shu sababli, Rossiya o‘z xomashyosini katta chegirmalarda sotishni boshladi, bu esa Xitoy kompaniyalarini xaridlarini ko‘paytirishga undadi.

Oxirgi bir yarim yil davomida Saudiya Arabistoni Xitoyga asosiy neft eksportchisi edi.

Dushanba kuni e’lon qilingan bojxona ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy ham o‘tgan oy 260 ming tonna Eron neftini import qilgan.

Kiritildi: 13:19 20.06.2022. O'qildi: 3135 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!