Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiya, Xitoy va Eron o‘rtasida uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Rossiya, Xitoy va Eron o‘rtasida uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Eron, Rossiya va Xitoyning Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakillari uch tomonlama maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichini o‘tkazdilar.

Bu haqda Rossiyaning Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili Mixail Ulyanov o‘zining rasmiy "X" (sobiq Twitter) sahifasida ma’lum qildi.

Uch davlatning diplomatik vakillari Eron yadro dasturi atrofidagi vaziyat rivojini muhokama qilish uchun Venada uchrashdilar. Muzokaralar Avstriya poytaxtida joylashgan xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalar darajasida olib borildi.

"Xitoy, Eron va Rossiyaning doimiy vakolatxonalari Eron yadro dasturi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha uch tomonlama maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichini o‘tkazdilar", — deb qayd etdi Ulyanov o‘z postida.

Kiritildi: Bugun 13:59. O'qildi: 440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!