Vladimir Putin Si Szinpin bilan videoaloqa orqali muloqot qildi.
Putin 2023 yil bahorida Si Szinpinni Moskvaga taklif qildi va Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi intensiv ikki tomonlama almashinuvlar davom etishini ta’kidladi.
Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi xalqaro maydondagi muvofiqlashtirish adolatli dunyo tartibini yaratish, Rossiya, Xitoy va muhim mintaqalarda barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda, ikki davlat harbiy-texnik sohadagi hamkorlikni davom ettiradi – Putin.
O‘z navbatida Si Szinpin murakkab xalqaro vaziyat fonida Xitoy Rossiya bilan siyosiy hamkorlikni oshirishga, global sherik bo‘lishga tayyorligini bildirdi.