Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya va O‘zbekiston hamkorlikda filmlar yaratadi

A A A
Rossiya va O‘zbekiston hamkorlikda filmlar yaratadi

Rossiya va O‘zbekiston hamkorlikda kino ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikni faollashtirmoqda. Ayni maqsadga xizmat qiladigan bitim loyihasi Rossiya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

TASS yozishicha, birgalikda kino ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv loyihasi O‘zbekiston vakillari bilan xamkorlikda, Madaniyat, Tashqi ishlar vazirliklari ko‘magida yaratilgan.

Rossiya kinosi o‘zbek tomoshabinlari orasida an’naviy tarzda mashhur. O‘tgan yil kuzda Toshkentda Rossiya kinosi kunlari o‘tkazildi, dasturga ko‘ra, bolalar va kattalar uchun filmlar namoyish etildi.

Shuningdek, avvalroq Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida yaqin ikki yilga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturi ishlab chiqilayotgani ham xabar qilingan.

Kiritildi: 14:04 26.05.2024. O'qildi: 1188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!