Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya va Ukrainaning davlat rahbarlari uchrashuvi dunyoga foyda keltiradi

Rossiya va Ukrainaning davlat rahbarlari uchrashuvi dunyoga foyda keltiradi

Bu haqda Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotda ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va global jarayonlarni muhokama qilgan.

Erdo‘g‘an, Turkiyaning Ukraina va Rossiya o‘rtasida adolatli va barqaror tinchlik o‘rnatilishi uchun sa’y-harakatlarini davom ettirishini, o‘lkasining Istanbulda boshlangan ikki davlat delegasiyalari o‘rtasidagi muzokaralarning davom ettirilishi tarafdori ekanini bildirdi.

Turkiya davlati rahbari, shuningdek, muzokaralar davomida mahbuslarni almashish bo‘yicha erishilgan kelishuv qisqa muddatda amalga oshirilganidan mamnunligini bildirdi.

Prezident Erdog‘an, Istanbulda rejalangan ikkinchi davra muzokaralarida mumkin bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilish tinchlikka yo‘l ochishiga diqqat qaratdi.

“Delegasiyalar uchrashuvlari yakunlanganidan keyin davlat rahbarlari darajasida uchrashuvlar o‘tkazish tinchlik jarayoni uchun foydali bo‘ladi va uni kechiktirmasdan amalga oshirish kerak”, — dedi Turkiya rahbari.

Kiritildi: 11:02 31.05.2025. O'qildi: 715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!