Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya va Ukraina yirik asirlar almashinuviga tayyorlanmoqda

Rossiya va Ukraina yirik asirlar almashinuviga tayyorlanmoqda

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov 1 200 nafar ukrainalikni Rossiya asirligidan ozod qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganini ma’lum qildi. Bu haqda u Telegramda yozdi.

Umerovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti topshirig‘iga ko‘ra, u Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklaridagi hamkorlar vositachiligida almashinuv jarayonini tiklash bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazgan. Natijada tomonlar 1 200 kishini ozod qilishni nazarda tutuvchi Istanbul kelishuvlarini faollashtirishga kelishib oldilar.

Uning ta’kidlashicha, yaqin orada texnik maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi, unda prosessual va tashkiliy jihatlar kelishib olinadi. Umerovning ta’kidlashicha, asirlikdan qaytishi kerak bo‘lgan ukrainaliklar Yangi yil va Rojdestvo bayramlarini uyda kutib olishlari uchun ish to‘xtovsiz olib borilmoqda.

11 noyabr kuni Umerov Turkiyaga "ayirboshlash masalasini yechish" uchun kelgan.

Kiritildi: 23:44 15.11.2025. O'qildi: 543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!