Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya va Ukraina o‘rtasida 2022 yilgi tinchlik shartnomasining to‘liq loyihasi e’lon qilindi

Rossiya va Ukraina o‘rtasida 2022 yilgi tinchlik shartnomasining to‘liq loyihasi e’lon qilindi

The New York Times gazetasi Rossiya va Ukraina o‘rtasida 2022 yil 17 mart, 15 aprel va 29 mart kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda taqdim etilgan tinchlik shartnomasining loyihasini e’lon qildi.

Hujjatlar Ukraina, Rossiya va Yevropadagi manbalar tomonidan taqdim etilgan va ularning haqiqiyligi muzokaralar ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan.

15 apreldagi “Ukraina uchun doimiy neytrallik va xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi shartnoma” deb nomlangan hujjat Rossiya prezidenti Vladimir Putinga kechroq yuborilgan kelishuvdir. Undagi asosiy shartlar quyidagilar:

Ukrainaga o‘z hududida xorijiy harbiy bazalar va kontingentlarni joylashtirish, barcha kafil davlatlar roziligisiz xorijiy qo‘shinlar ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish taqiqlanadi.

— Kelishuv ilovasida Ukraina armiyasining maksimal soni 250 ming kishidan oshmasligi kerakligi aytilgan.

Ukraina NATO va boshqa harbiy ittifoqlarga qo‘shila olmaydi, shuningdek, o‘z xavfsizligining kafillaridan biri bo‘lgan davlatlar: Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSH, Fransiya tomonida harbiy mojarolarda qatnashmaslik majburiyatini oladi (Belarus va Turkiya qavs ichida ko‘rsatilgan).

Rossiya Ukrainadan rus tiliga davlat tili maqomi berishni so‘ragan, biroq Kiyev bu borada rozi bo‘lmagan.

— Kafil davlatlar uchun Ukrainaning ichki ishlariga aralashmaslik va mamlakat hududiga qo‘shin kiritmaslik majburiyati belgilangan.

Ukraina va Rossiya 2014 yildan beri joriy qilingan barcha o‘zaro sanksiyalarni bekor qilishi kerak. Shu bilan birga, kelishuv Qrim hududiga taalluqli emas.

“Moskva Kiyevdan Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olishini xohlagan, biroq ukrainalik muzokarachilar bu shartni bajarishdan bosh tortgan”, — deb yozadi NYT.

Bundan tashqari, Istanbul kelishuv loyihasida Qrimning maqomi 10-15 yil ichida aniqlanishi, Zelenskiy va Putin 2022 yilda shaxsan uchrashib, tinchlik shartnomasini yakunlashi va Ukraina hududining qancha qismi Rossiya nazorati ostida qolishi haqida kelishib olishi kerak bo‘lgan.

Kiritildi: 01:48 18.06.2024. O'qildi: 1808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!