Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya va Ukraina prezidentlari uchrashuvini o‘tkazish muhokamasi boshlandi

Rossiya va Ukraina prezidentlari uchrashuvini o‘tkazish muhokamasi boshlandi

"Rossiya va Ukraina delegasiyalari o‘rtasidagi so‘nggi muzokaralarda ikki davlat yetakchilarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvi ehtimoli muhokama qilindi", — dedi Ukraina prezidenti jurnalistlar bilan uchrashuvda.

Vladimir Zelenskiyning boshqa bayonotlari:

◾️ Ukraina Qo‘shma Shtatlardan yana 10 ta yangi Patriot havo hujumidan mudofaa tizimini so‘ragan va ularning uchtasini olishni ta’minlagan. Men Germaniyadan rasmiy tasdiq oldim, ular bizga ikkita Patriot olishda ko‘mak beradi, yana bittasini olishda Norvegiya yordam beradi. Shuningdek, Niderlandiyadagi hamkorlarimiz bilan ishlayapmiz;

◾️ Kiyev yiliga 40 milliard dollarlik moliyaviy taqchillikni yopishi kerak;

◾️ Bugungi kunda Ukrainadagi dron ishlab chiqarish sanoati normal ishlashi uchun yiliga 25 milliard dollar talab etiladi;

◾️ AQSh bizdan dronlar xarid qiladi, prezident Tramp bilan shunday kelishuvga erishildi. Endi bu shartnomani 10–30 milliard dollarlik miqdorda tayyorlash muhim;

◾️ Rossiya uchun shartli “muvaffaqiyat” — bu Dnepropetrovsk viloyatiga o‘rnashish hisoblanadi, chunki ular bu orqali axborot maydonida g‘alaba qilishlari mumkin. Sumi — ular uchun hali ham katta qiziqishdagi hudud, Pokrovsk yo‘nalishi ham shunday;

◾️ Korrupsiyaga qarshi organlar bosh prokurorga bo‘ysunmaydi. Men hamkorlarimizga bu muammoga yechim topishimni aytdim;

◾️ Men hozir butun diqqatimni urush masalasiga qaratganman, chunki hozir Ukrainada birinchi raqamli masala bu — Rossiya bosqiniga qarshi urush hisoblanadi.

Kiritildi: 22:56 25.07.2025. O'qildi: 879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!