Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiya va Ukraina hukumati mahbuslar almashinuvini e’lon qildi

Rossiya va Ukraina hukumati mahbuslar almashinuvini e’lon qildi

Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, 60 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi «Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududdan» qaytarilgan, ular «asirlikda o‘lim xavfi ostida qolgan».

Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak, o‘z navbatida, almashuv davomida 60 nafar ukrainalik harbiy – 58 erkak va ikki ayol mamlakatga qaytganini aytdi. Ulardan 34 nafari Mariupoldagi «Azovstal» zavodida jang qilgan va keyinchalik o‘zini o‘zi e’lon qilgan DXRdagi Yelenovskaya koloniyasida saqlashgan.

Bir kun avval, prezident Vladimir Zelenskiy o‘zining kechki nutqida, almashish natijasida to‘rt nafar ofiser, 46 nafar serjant va oddiy askar Ukrainaga qaytganini aytdi.

Kiritildi: 18:33 06.12.2022. O'qildi: 1705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!