Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik 2025 yil 20 aprelgacha erishilishi mumkin.
Bu haqda Britaniyaning Sky news telekanali xabar berdi.
"AQSh bu masalani Pasxa bayrami oldidan hal qilmoqchi, shuning uchun Ukraina tomoni bunday hujjatni imzolashga rozi bo‘ladi, buning barchasi Putin va Zelenskiyning hududiy yo‘qotishlarni qanday qabul qilishiga bog‘liq" - dedi manbalar.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keng ko‘lamli urush 2022 yilning 24 fevralida boshlangan. Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush 2025 yilda tugashiga umid qilishini aytgan edi.