Istanbuldagi muzokaralarning uchinchi raundida Rossiya va Ukraina nafaqat harbiylar, balki tinch aholi vakillarini ham almashish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bu haqda "TASS" manbasi ma’lum qildi.
"Asosiy natija: nafaqat harbiylar, balki tinch aholi vakillarining ham almashinuvi", — dedi agentlik manbasi.
Moskva va Kiyev vakillarining Istanbuldagi uchrashuvi 40 daqiqaga yaqin davom etdi.
Rossiya va Ukraina o‘rtasida har ikki tomondan 1200 ga yaqin odam almashtiriladi.
Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina tomoniga yana 3000 nafar Ukraina Qurolli kuchlari askarlarining jasadini topshirishni ham taklif qilgan.