Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi aviaparvozlar arzonlashishi mumkin

Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi aviaparvozlar arzonlashishi mumkin

Rossiya va Tojikiston ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaparvozlar narxini arzonlashtirish masalasini ko‘rib chiqyapti. Bu haqda Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Semyon Grigoryev TASSga ma’lum qildi.

«Sayyohlar oqimini oshirish uchun sharoitlar yaratish, jumladan, aviareyslar sonini ko‘paytirish va ularning narxini arzonlashtirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda», — dedi elchi.

Grigoryevning aytishicha, Rossiya fuqarolari Tojikistonga eng ko‘p sayohatga kelayotgan besh mamlakat qatoriga kiradi. Xususan, 2024 yilning yanvar–avgust oylarida Tojikistonga 117,29 ming nafar rossiyalik sayyoh kelib ketgan.

Kiritildi: 13:31 10.02.2025. O'qildi: 1715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!