Bugun 11 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiya va Serbiya prezidentlari Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi

Rossiya va Serbiya prezidentlari Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich telefon orqali muloqotda turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar. Bu haqda 20-oktabr, yakshanba kuni Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

«Rahbarlar Belgradning fashist bosqinchilaridan ozod qilinganining 80 yilligi munosabati bilan bir-birini tabrikladi. 1944 yilning shu kuni Yugoslaviya Xalq Ozodlik Armiyasi bo‘linmalari ishtirok etgan Sovet Armiyasining Belgrad hujum operasiyasi yakunlandi. Bu Bolqondagi Ikkinchi jahon urushining yakuniy bosqichidagi muhim voqealardan biriga aylandi», — deyiladi xabarda.

Tomonlar ma’naviy, madaniy va tarixiy hamjihatlikka, o‘tmish va bugunga baholar birligiga asoslangan ikki tomonlama munosabatlar darajasidan mamnun ekanliklarini bildirdilar, deya ta’kidladi Kreml.

Kiritildi: 21:29 20.10.2024. O'qildi: 687 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!