Moskva Rossiya va Kuba hamkorligiga nisbatan AQSh yoki boshqa davlatlar uchun tahdid yaratishi haqidagi «asossiz ayblovlarni» qat’iy rad etadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskvada Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges Parrilya bilan muzokaralar boshlanishida bildirdi.
Lavrov ta’kidlashicha: «Albatta, Rossiya va Kubaga nisbatan, hamkorligimiz AQSh yoki boshqa kimgadir tahdid yaratadi, degan asossiz ayblovlarni qat’iy rad etamiz».