Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiya va Belarus: Yaponiya Alisher Usmonov va boshqa amaldorlarga yangi sanksiyalar e’lon qildi

Rossiya va Belarus: Yaponiya Alisher Usmonov va boshqa amaldorlarga yangi sanksiyalar e’lon qildi

Yaponiya Rossiya va Belarusga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Mamlakat tashqi ishlar vazirligi 20 nafar rossiyalik va ikki rus tashkilotiga, shuningdek, 12 nafar belaruslik va 10 nafar belarus tashkilotiga nisbatan qo‘shimcha cheklov choralari kiritilganini ma’lum qildi. Shunday qilib, Yaponiya sanksiyalarining uchinchi paketiga Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbari Aleksey Gromov, prezident ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Dmitriy Kozak, Rossiya Federasiyasi rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Rossiya Federasiyasi Prezidentining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, tadbirkorlar Boris Rotenberg va Alisher Usmonov, jurnalist Vladimir Solovyov va boshqalar kiritildi.

Shuningdek, Viktor va Dmitriy Lukashenko, Belarus prezidenti matbuot kotibi Natalya Eysmont va Belarus ichki ishlar vaziri Ivan Kubrakovga nisbatan cheklov choralari kiritildi.

1 mart kuni Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Rossiyaning bir qator kompaniyalari va tashkilotlariga nisbatan eksport sanksiyalari qo‘llashni ma’qullagandi.

Kiritildi: 07:56 08.03.2022. O'qildi: 7909 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!