Fransiya josuslik xavfi tufayli Rossiya va Belarus jurnalistlari va fizioterapevtlarini Parij olimpiadasida ishtirok etishiga ruhsat bermadi.
Bu haqda Fransiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Jerald Darmanen Le Journal du Dimanche nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, nafaqat Rossiya va Belarus vakillari, balki ba’zi boshqa davlatlar fuqarolari ham Fransiyaga kiritilmagan. Vazir boshqa davlatlar nomini ochiqlamagan.
"Ular terrorchilik hujumlarini amalga oshirish uchun kelmagandir. Ammo ular an’anaviy josuslik va kiberhujumlarni amalga oshirishlari mumkin. Fransiya rasmiylari Olimpiadada qatnashmoqchi bo‘lgan 960 ming kishini ular xavf tug‘dirmasligiga ishonch hosil qilish uchun sinchiklab tekshirgan. Turli xavfli toifadagi hamda radikal guruhlarga aloqador 4340 nafar shaxs olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishdan chetlashtirildi", — deya aniqlik kiritdi Darmanen.