Kelgusi dam olish kunlari Florida shtatining Mayami shahrida Rossiya va AQSh delegasiyalari uchrashib, Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilishni muhokama qilishi kutilmoqda.
Bu haqda Politico nashri xabar bermoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, maslahatlashuvlar doirasida Rossiya Federasiyasi Prezidentining maxsus vakili va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev, Prezidentning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Stiven Uitkoff va tadbirkor Jared Kushner ishtirok etishi kutilmoqda.