Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya va AQSh rahbarlari o‘rtasida telefon suhbati o‘tkazish masalasi muhokama qilinmoqda

Rossiya va AQSh rahbarlari o‘rtasida telefon suhbati o‘tkazish masalasi muhokama qilinmoqda

Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi ma’lum qildi.

Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, 13 mart kuni kechqurun Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan suhbatda Donald Tramp uchun muhim ma’lumot va qo‘shimcha signallarni ma’lum qilgan.

Peskovning ta’kidlashicha, Moskva va Vashingtonda "prezidentlar muloqoti zarur" degan tushuncha mavjud, biroq uning sanasi hali kelishilmagan. Bu masala Uitkoffning AQSh prezidentiga hisobot berganidan keyin hal qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Putin Ukraina bo‘yicha sulhga tayyorligini bildirgan, biroq bu masalada muayyan "nozik jihatlar" borligini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 16:03 14.03.2025. O'qildi: 664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!