Kremlning Ar-riyoddagi uchrashuv bo‘yicha bergan asosiy bayonotlari:
🔸kelishuvlar Rosselxozbank hamda xalqaro savdoni oziq-ovqat va o‘g‘itlar bilan ta’minlaydigan boshqa banklarga nisbatan sanksiyalar bekor qilingandan keyin kuchga kiradi;
🔸qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi banklar SWIFT xalqaro to‘lov tizimiga qayta ulanishi kerak;
🔸RFga qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar olib tashlanmasdan turib, don shartnomasi kuchga kirmaydi.
Mamlakatlar, shuningdek, hujum qilish uchun vaqtincha moratoriy qo‘yiladigan Rossiya va Ukraina energetika ob’ektlari ro‘yxatini ham kelishib oldi. Cheklovlar 18 martdan boshlab 30 kun davomida amal qiladi.