AQSh va Rossiya Yevropaga rossiyalik gaz yetkazib berishni qayta boshlash imkoniyatini muhokama qilmoqda, deb xabar beradi Reuters.
Agentlik manbalariga ko‘ra, muzokaralarga yaqin shaxslar Rossiyaning Yevropa Ittifoqi gaz bozoridagi o‘rnini tiklash ehtimoli Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik kelishuvini mustahkamlashga yordam berishi mumkinligini aytgan.
Bu xabarga javoban «Gazprom» aksiyalari ijobiy reaksiya berdi. 8 may davomida gaz kompaniyasi aksiyalari bozorda yetakchi o‘sish ko‘rsatkichlaridan birini namoyon etdi.
Evropa Ittifoqi hozir ham Rossiyadan gaz sotib olishni davom ettirmoqda, lekin bu asosan suyultirilgan tabiiy gaz (SPG) ko‘rinishida bo‘lib, u «Turk oqimi» gaz quvuri orqali Yevropa mamlakatlariga yetkazib beriladi. Shu bilan birga, Ukraina urushi boshlanishidan oldin 40% bo‘lgan rossiyalik gazning umumiy importdagi ulushi hozirda 19% gacha pasaydi.