Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Moskva Rossiyaning Armanistondagi elchisi Sergey Kopirkinga maslahatlashuvlar uchun vataniga qaytishni buyurgan, bunga Yerevanning YEI bilan yaqinlashish borasidagi qadamlari sabab bo‘lgan. Rossiya buni bir necha bor ziddiyatli vaziyat deb ko‘rsatgan edi, zero Yerevan muqobil iqtisodiy ittifoq hisoblangan YEOII (Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi) a’zosi.
Bir kun avval Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan YEOIIga a’zo davlatlarning oliy darajadagi uchrashuvida davlat yetakchilari jamoaviy bayonot berishdi. Unga ko‘ra, Armaniston o‘z kelajagini qaysi ittifoqda ko‘rayotganini imkon qadar tezroq aniqlab olishi va bu referendum formatida bo‘lishi lozim.
"Agar Armaniston YEI standartlariga o‘tishni boshlasa, u bilan barcha iqtisodiy integrasiyani to‘xtatishimiz kerak bo‘ladi", — deya munosabat bildirdi Rossiya prezidenti.
Putin, shuningdek, Armaniston uchun temiryo‘l va energiya tariflari oshirilishi, arman fuqarolari Rossiyada ishlash uchun patent olishiga to‘g‘ri kelishidan ogohlantirdi.
Ayni paytda Rossiya bozorida arman mahsulotlariga taqiqlar kuchaymoqda. RF bu qo‘shnisiga bojsiz gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin.