“16 may kuni Istanbulda, AQSh Turkiya va Saudiya Arabistoni ko‘magida, Rossiya va Ukrainaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarining birinchi raundi bo‘lib o‘tdi. O‘shanda Moskva va Kiyev barqaror tinchlik o‘rnatish bo‘yicha o‘z pozisiyalarini aks ettiruvchi hujjatlar tayyorlashi haqida kelishib olishgan edi.
Rossiya tomoni tegishli memorandumni tayyorladi va bizning delegasiyamiz uni Istanbulda, dushanba 2 iyun kuni Ukraina tomoniga taqdim etishga tayyor.
Faqat so‘zda emas, haqiqatda tinchlik o‘rnatish tarafdori bo‘lgan barcha tomonlar muzokaralarning ikkinchi raundi o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlaydi deb umid qilamiz”, - dedi Lavrov.