Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Ukrainaning Sumi viloyatida “xavfsizlik chizig‘i” yaratganini ma’lum qildi

Rossiya Ukrainaning Sumi viloyatida “xavfsizlik chizig‘i” yaratganini ma’lum qildi

"Ukrainaning chegara hududidagi Sumi viloyatida “xavfsizlik chizig‘i”ni yaratish davom etmoqda", deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Vazirlik bunday atamani avval ishlatmagan, biroq Sumi viloyatida, xususan Kursk viloyatining Sudja shahri yaqinida, janglar davom etayotgani haqida xabar bergan edi.

Ukrainaning DeepState loyihasi 2 may uchun e’lon qilgan xaritalarga ko‘ra, hozirda Rossiya Sumi viloyatining Basovka, Novenkoye, Juravka va Veselovka qishloqlarini nazorat qilmoqda. Shu bilan birga, Ukrain harbiylari hanuzgacha Rossiyaning Kursk viloyatidagi ayrim chegara hududlarini nazorat qilishni davom ettirmoqda.

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy aprel oyi boshida Rossiyaning Sumi viloyatida faol hujumga o‘tayotganini ma’lum qilgan edi. Mustaqil ekspertlarga ko‘ra, hozirda mintaqada Rossiyaning faol hujumlari qayd etilmayapti.

Kiritildi: 21:47 02.05.2025. O'qildi: 904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!