Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Ukrainaning gaz infratuzilmasiga keng ko‘lamli zarba berdi — “Naftogaz”

A A A
 Rossiya Ukrainaning gaz infratuzilmasiga keng ko‘lamli zarba berdi — “Naftogaz”

Ukraina energetika kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Xarkov va Poltava viloyatlaridagi ob’ektlarga 35 ta raketa, jumladan ballistik raketalar, hamda 60 ta dron bilan zarba berilgan. Ulardan faqat bir qismi urib tushirilgan.

“Naftogaz” boshqaruvi raisi Sergey Koreskiyning aytishicha, hujum natijasida ob’ektlarning katta qismi zarar ko‘rgan, ba’zilarida esa jiddiy darajadagi vayronagarchilik yuzaga kelgan.

"Bu zarbaning harbiy nuqtai nazardan hech qanday ma’nosi yo‘q. Bu — ruslarning navbatdagi pastkashligi bo‘lib, Ukrainada isitish mavsumini izdan chiqarish va qishda oddiy aholining uylarini isitish imkoniyatidan mahrum qilishga qaratilgan", — deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 18:37 03.10.2025. O'qildi: 1652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!