Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) ukrain maxsus xizmatlari Rossiyaning yuqori lavozimdagi davlat arbobiga nisbatan suiqasd tayyorlaganini ma’lum qildi. Ayblovga ko‘ra, hodisa marhum qarindoshlari qabrini ziyorat qilish vaqtida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
FXXning rasmiy bayonotiga ko‘ra, suiqasd Moskvadagi Troyekurovskoye qabristonida sodir etilishi mo‘ljallangan. Terror aktini amalga oshirish uchun Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan to‘rt nafar shaxs «yollangan»i aytilmoqda, ular:
FXXning ma’lum qilishicha, ularning telefonlarida WhatsApp va Signal messenjerlarida Ukraina maxsus xizmatlari xodimlari bilan yozishmalar topilgan.
Tergov materiallarida keltirilishicha, suiqasdni amalga oshirish uchun maxsus qurilma – ichiga yashirin kamera o‘rnatilgan gul qo‘yiladigan vaza tayyorlangan. Vaza maxsus shaxs tomonidan muhim shaxs tashrif buyuradigan qabrga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
FXX tomonidan e’lon qilingan videoda qo‘lga olingan rossiyaliklardan biri vazani bir vositachi orqali qabul qilib olganini aytadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u vazani qabristonga olib borib, ko‘rsatilgan manzilga qo‘ygan va keyinchalik uni bir oz burish talab qilingan. Shu paytda u vazadan «simlar chiqqanini» ko‘rganini aytgan.
Hozircha Rossiya tomoni ayblovlar yuzasidan qo‘shimcha tafsilotlarni oshkor qilmagan. Ukraina tomoni esa ayblov yuzasidan rasmiy javob bermagan.
FXXning bayonotiga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxslar Rossiya qonunchiligi bo‘yicha terrorizm bilan bog‘liq moddalar asosida javobgarlikka tortiladi.