Bu haqda Ukraina harbiy asirlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish shtabi xabar berdi.
Bu shunday almashinuvlarning uchinchisi bo‘ldi. Umuman olganda, Istanbuldagi muzokaralarda kelishilgan 6000 jasaddan 3600 dan ortig‘i Ukrainaga topshirildi.
Ukraina Rossiyaga birinchi almashinuv paytida 27 ta jasad topshirilganini bildirgan. Keyingi almashinuvlar haqida ma’lumot berilmagan.