Rossiya Ukrainaga katta hujum boshladi. Bu haqda UNIAN agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, kecha tunda uchuvchisiz samolyotlar uchirilgan, yettita Tu-95MS strategik bombardimonchi samolyoti tongga yaqin osmonga ko‘tarilgan. Soat 05:03 da kalibrlar Qora dengizdan uchirildi.
Ukraina energetika vaziri German Galushenko mamlakat energetika sektori hujum ostida ekanini aytdi. Unga ko‘ra, energetika ob’ektlariga hujumlar butun Ukraina bo‘ylab sodir bo‘lmoqda.