Bu haqda Ukraina prezidenti devon rahbari o‘rinbosari Pavel Palisa ma’lum qildi.
"Rossiya armiyasi o‘z qo‘shinlarini 150 ming nafarga ko‘paytirishni rejalashtirmoqda bu taxminan 15 ta motoo‘qchi diviziyasiga teng. Hozirda ularni shakllantirish jarayoni davom etmoqda. Rossiyaliklar uchun shaxsiy tarkibni jalb qilishda hech qanday muammo yo‘q. Ammo shunga e’tibor berish kerakki, bu qo‘shinlar bir vaqtning o‘zida jangga kiritilmaydi. Shu sababli, yaqin vaqt ichida ular imkoni bor yo‘nalishlarda maksimal bosim o‘tkazishga harakat qilishadi", – dedi Palisa “Suspilne” nashriga bergan bayonotida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya armiyasi quruqlikdan hujum qilishda bosqichma-bosqich ilgarilashda davom etmoqda va frontning ayrim nuqtalarini yorib o‘tishga urinmoqda. Biroq ular bu jarayonda katta yo‘qotishlarga uchramoqda va faqat qisman taktik yutuqlarga erishmoqda.