Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiya Ukrainaga bir sutkada qariyb mingta dron bilan hujum uyushtirdi

 Rossiya Ukrainaga bir sutkada qariyb mingta dron bilan hujum uyushtirdi

Ukraina Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Rossiya armiyasi Ukrainaga qarshi qariyb 1000 ta drondan iborat ulkan havo hujumini amalga oshirdi. Buning oqibatda kamida 7 kishi halok bo‘ldi.

Ukraina rasmiylarining ma’lum qilishicha, Moskva tungi vaqtda 400 ga yaqin uzoq masofaga uchuvchi dron va 23 ta qanotli raketa uchirgan. Shundan so‘ng, kunduzgi vaqtda kutilmaganda yana 556 ta dron bilan mamlakat g‘arbidagi shaharlarga zarba berilgan.

Bu keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan buyon amalga oshirilgan eng yirik havo hujumlaridan biri sifatida baholanmoqda.

Prezident Volodimir Zelenskiy hujumlar oqibatida mamlakatning 11 ta viloyatiga zarar yetkazilganini bildirdi.

Kiritildi: 22:25 25.03.2026. O'qildi: 305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!