Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Ukrainadagi urush uchun iroqliklarni yollash haqidagi ayblovlarni rad etdi

Rossiya Ukrainadagi urush uchun iroqliklarni yollash haqidagi ayblovlarni rad etdi

Erbil shahridagi Rossiya Bosh konsulxonasi Ukrainadagi harbiy harakatlarda ishtirok etish uchun iroqliklarni verbovka qilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi, deb yozadi The New Arab.

«Rossiya diplomatik vakolatxonalari minglab iroqliklarni yollayotgani haqidagi barcha ayblovlar — bu mish-mishlar», — deyildi diplomatik muassasa bayonotida. Shuningdek, jangovar harakatlarda ishtirok etgan yoki halok bo‘lgan iroqliklar haqida hech qanday ma’lumot mavjud emasligi ta’kidlandi.

Ayblovlarga sabab bo‘lgan holat — ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, go‘yoki Rossiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan iroqliklar aks etgan videolar. Iroq hukumati fuqarolarni shubhali ish takliflaridan ogohlantirmoqda.

Bundan avval Rossiyaning Bagdaddagi elchisi Elbrus Kutrashev iroqliklarning Rossiya armiyasiga qo‘shilgan «bir nechta holat»ini tasdiqlagan edi. «Bagdaddagi elchixona urushda halok bo‘lgan ikki iroqlik fuqaroning qarindoshlariga viza bergan», — deya ma’lum qildi diplomat.

Kiritildi: 17:06 15.11.2025. O'qildi: 448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!