Rossiya Ukrainadagi tinchlikka tayyor, AQSh prezidenti Donald Tramp ham bunda siyosiy irodasini saqlamoqda, biroq Kiyev va Yevropa bu yo‘nalishda biror narsa qilishga tayyor emas, deya fikr bildirdi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Rossiya tomoni biz barchasini tinch tartibga solishga tayyormiz deyishda davom etmoqda. Shuningdek, biz Tramp ham muzokaralar stoliga o‘tirish zarurligini tez-tez aytayotganini eshityapmiz. Va bundan xulosa qilish mumkinki, u baribir siyosiy irodasini saqlab qolmoqda”, - dedi Kreml vakili “Rossiya 1” jurnalisti Pavel Zarubinga bergan intervyusida.
Ammo, Peskovning qayd etishicha, yevropaliklar va Kiyev rejimi bu borada biror narsa qilishni mutlaqo istamasligini ko‘rsatmoqda.
Avvalroq, Peskov Istanbul muzokaralari jarayoni Kiyev aybi bilan to‘xtab qolganini aytgan edi