Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, davlatlar o‘rtasidagi muzokaralar yopiq rejimda va bevosita o‘tkazilishi kerak. Kreml vakili, shuningdek, Ukrainaning Rossiya tomoni 2 iyun kuni Istanbulda muhokama qilinishi kutilayotgan memorandum matnini oldindan taqdim etishi kerak degan talabini "nokonstruktiv" deb atadi.
Avvalroq Ukraina Mudofaa vaziri Rustem Umerov Kiyev o‘zining memorandum loyihasini Rossiyaga allaqachon topshirganini ma’lum qilgan edi.
Rossiyaning muzokaralar tafsilotlarini yashirishga urg‘u berayotgani va uchrashuvgacha boshqa tomonga o‘z takliflari ro‘yxatini taqdim etmayotgani haqida Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham bayonot bergan edi.
Ommaviy axborot vositalari ham Rossiya va Ukraina delegasiyalari o‘rtasidagi Istanbuldagi uchrashuv paytida rossiyalik muzokarachilar boshqa davlat vakillarining zalda bo‘lishiga qarshi bo‘lganlari haqida xabar bergan edi.