Ukraina Qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, hujumda 57 ta X-101 qanotli raketalari, 28 ta “Kalibr” qanotli raketalari, uchta S-300 zenit raketalari, uchta X-59/69 boshqariladigan raketalari, shuningdek, 97 ta Shahed va yana boshqa noma’lum turdagi dronlardan foydalanilgan. Ukraina havo mudofaasi 76 ta X-101 va “Kalibr” qanotli raketalarini, uchta X-59/69 raketalarini va 35 ta dronnini urib tushirdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, bir necha viloyatlarda kassetali o‘q-dorilar bilan jihozlangan “Kalibr” raketalari yordamida fuqarolik infratuzilmasiga hujumlar qayd etilgan.
"Ushbu kassetali qurol qismlari bizning qutqaruvchilarimiz va energetiklarimiz uchun zarba oqibatlarini bartaraf etishni ancha qiyinlashtiradi. Bu Rossiya terroristik taktikasining o‘ta jirkanch shaklidir", — deb yozdi Ukraina rahbari Telegram kanalida.
Zelenskiy, shuningdek, yana bir bor G‘arb hamkorlarini Ukrainani havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlashga chaqirdi.