Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Ukraina bo‘yicha navbatdagi tinchlik sammitida qatnashishi kerak — Germaniya kansleri

A A A
Rossiya Ukraina bo‘yicha navbatdagi tinchlik sammitida qatnashishi kerak — Germaniya kansleri

Olaf Shols bu haqda Drezdenda bo‘lib o‘tgan Germaniya Sosial-demokratik partiyasining saylovoldi tadbiri chog‘ida ma’lum qildi.

"Bu masala bo‘yicha ko‘plab muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Ukraina prezidenti ham, men ham Rossiya navbatdagi tinchlik anjumanida ishtirok etishi kerak deb hisoblaymiz. Barchani tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman, ammo bu Ukrainani taslim qilish orqali bo‘lmasligi kerak. Putinning imperialistik orzusi uchun deyarli 400 ming kishi jonini berdi, u muvaffaqiyatga erisha olmasligi kerak", —deya fikr bildirdi Shols.

Shu bilan birga, Germaniya kanslerining so‘zlariga ko‘ra, NATOning pozisiyasi shundan iboratki, Ukrainadagi urush Rossiya Federasiyasi va alyans o‘rtasidagi urushga aylanmasligi kerak. Shols Ukrainaga yordam berish bo‘yicha har bir qaror har tomonlama o‘ylab ko‘rilishi va Kiyevning barcha talablari ham qondirmasligi mumkinligini bildirdi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy navbatdagi tinchlik konferensiyasi rejasi noyabrgacha ishlab chiqilishi kerakligini aytgan edi. Bloomberg agentligining yozishicha, Ukraina Donald Trampning Oq uyga qaytishi ehtimoli tufayli uni 2024 yil noyabrida bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentlik saylovi oldidan o‘tkazishga intilmoqda.

Kiritildi: 11:00 20.07.2024. O'qildi: 1156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!