Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan buyon yo‘qotishlari 1,3 million kishini tashkil etgan, shundan 350 ming nafari halok bo‘lgan askarlarga to‘g‘ri keladi. Bu haqda NATO'ning yuqori martabali rasmiysi DW muxbiriga ma’lum qildi.
Uning aytishicha, birgina 2025 yilning o‘zida 400 ming nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan yoki yaralangan.
"Biz Rossiya yo‘qotishlarida halok bo‘lganlar ulushidan hayratdamiz. Rossiyaliklar nomutanosib darajada yuqori talafot ko‘rmoqda, ular nihoyatda og‘ir yo‘qotishlarga duch kelmoqda", — dedi alyans vakili.
U buni, jumladan, Rossiya armiyasida jang maydonida tibbiy yordam darajasining pastligi bilan izohladi.