Donesk viloyatining Ugledar shahrida vaziyat hozir juda og‘ir, dedi ukrainalik jurnalistlarga 72-alohida mexanizasiyalashgan brigada askari. Uning so‘zlariga ko‘ra, birlik juda katta yo‘qotishlarga uchragan.
«Shahardagi vaziyat o‘ta og‘ir, qo‘mondonlik chekinishga ruxsat bermayapti, brigada juda katta yo‘qotishlarga uchradi, bu esa yuqori martabali qo‘mondonlarning kech javob qaytarishiga olib keldi», dedi askar.
Unga ko‘ra, hozirda Ugledarga kirish va evakuasiya yo‘llari to‘sib qo‘yilgan va piyoda chiqishning yagona yo‘li Rossiya armiyasining nazorati ostida.
«Harbiy xizmatchining ta’kidlashicha, shaharda yaradorlar ko‘p. Shuningdek, jangchi yaradorlar Ugledarni tark eta olishiga ishonchi komil emas», — deyiladi xabarda.