Rossiyaning AQShdagi elchisi Aleksandr Darchiyev ma’lum qilishicha, Moskva va Vashington o‘z diplomatik vakolatxonalarining bank xizmatlarini kafolatlash va xalqaro tashkilotlar byudjetiga Rossiya badallari masalasida kelishuvga erishdi.
Uning aytishicha, Istanbuldagi maslahatlashuvlarda Rossiya AQSh oldiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklash masalasini ko‘taradi.
Darchiyev: "Rossiya Federasiyasi Vashington tomonidan noqonuniy musodara qilingan diplomatik mulkni qaytarish bo‘yicha AQSh bilan jiddiy muzokaralar olib borishga tayyor," deya ta’kidladi va Istanbuldagi uchrashuv "Jo Bayden ma’muriyatining zaharli merosidan qutulishga ko‘maklashishi"ni bildirdi.
U yana qo‘shimcha qildi: "Putin va Tramp o‘rtasidagi muloqotlar allaqachon Rossiya va AQSh diplomatlariga vizalar berish va ularning sayohat tartibini yengillashtirish masalalarida ijobiy natijalarga erishish imkonini berdi."