Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya tunda Ukrainaning bir qator shaharlariga hujum uyushtirdi

Rossiya tunda Ukrainaning bir qator shaharlariga hujum uyushtirdi

16 iyulga o‘tar kechasi Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning Vinnisa shahriga yirik hujum uyushtirdi, natijada 7 kishi yaralandi.

Bu haqda Vinnisa viloyati harbiy ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Natalya Zabolotnaya Facebookda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalardan so‘ng sanoat va fuqarolik infratuzilmasi ob’ektlarida zarbalar qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar jabrlanganlardan besh nafarida kuyish tashxisi qo‘yilgan, ikki nafarining ahvoli og‘ir, uch nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda, deya ma’lum qildi rasmiy.

Kechasi Xarkov ham Rossiya qo‘shinlari tomonidan zarbalarga uchragan, viloyat davlat ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, 20 daqiqada 17 ta portlash qayd etilgan, uch kishi dastlabki jarohatlar olgan.

Tungi hujum Krivoy Rogda ham amalga oshirilgan, shaharda elektr ta’minotida katta uzilishlar kuzatilgan, 17 yoshli o‘smir og‘ir yaralangan, shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda, dedi shahar mudofaa kengashi rahbari Aleksandr Vilkul.

Kiritildi: 11:20 16.07.2025. O'qildi: 829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!