Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya transport vazirligi: "Yo‘lovchilar samolyotda uzoq kutmasligi kerak"

Rossiya transport vazirligi: "Yo‘lovchilar samolyotda uzoq kutmasligi kerak"

Rossiya transport vaziri o‘rinbosari Vladimir Poteshkin yo‘lovchilarning u yoki bu aeroport ochilishini kutib, samolyot bortida uzoq vaqt qolishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi.

Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"Aeroport ochilishini kutib, samolyot bortida uzoq vaqt kutish mumkin emas. Tashuvchilar bunday vaziyatlarni tezda hal qilish choralarini ko‘rishlari kerak," - dedi Poteshkin.

Qayd etilishicha, 7 may kuni boshqarmada aviatashuvlarni amalga oshirish bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Muhokamaning asosiy mavzularidan biri havo transportining turli cheklovlar sharoitida ishlashi bo‘ldi.

Shuningdek, u tashuvchilar federal aviasiya qoidalariga qat’iy rioya qilishlari kerakligini qo‘shimcha qildi. Gap qandaydir sabablarga ko‘ra reyslari kechikayotgan yo‘lovchilarni oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlashni tartibga soluvchi normalar haqida bormoqda.

Kiritildi: 19:18 07.05.2025. O'qildi: 669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!