Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Sevastopolda benzin talonlar orqali sotila boshlandi

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Sevastopolda benzin talonlar orqali sotila boshlandi

Hududning Moskva tomonidan tayinlangan gubernatori Mixail Razvojayevning ma’lum qilishicha, shaharda 31 may kunidan AI-92 va AI-95 markali benzinlar faqat talonlar orqali sotila boshlangan.

U buni rasmiylar avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi yonilg‘i zaxiralarini to‘ldirib olishlari uchun zarur bo‘lgan "vaqtinchalik chora" deb atadi.

Razvojayevning qo‘shimcha qilishicha, yonilg‘i sotib olishdagi 20 litrlik cheklov amal qilishda davom etadi, shuningdek, benzinni kanistrlarda sotishga ham cheklov joriy etilmoqda.

Qrimda benzin taqchilligi mintaqani Rostov viloyati bilan bog‘laydigan trassani masofadan turib minalayotgan Ukraina dronlarining zarbalari sababli yuzaga keldi. Dronlar yo‘lga harakatni qayd etganda portlaydigan portlovchi moslamalarni tashlamoqda. Ushbu trassa yarim orolga yonilg‘i yetkazib berishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 15:15. O'qildi: 238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!