Bugun 26 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiya Tojikistonga noqonuniy yurgan 120 ming kishining ro‘yxatini berdi

Rossiya Tojikistonga noqonuniy yurgan 120 ming kishining ro‘yxatini berdi

Ushbu Tojikiston fuqarolari qisqa vaqt ichida o‘z ixtiyori bilan Rossiyani tark etishi kerak. Agar polisiya tekshiruvi vaqtida bu holat aniqlansa, ular sud orqali majburiy chiqarib yuboriladi. Bunda ularga jarima qo‘llaniladi va ular Xorijliklarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtiriladi.

Rossiyada qolishga qonuniy asosi bor, lekin ushbu ro‘yxatga xatolik bilan tushib qolganlar o‘zlarining huquqiy maqomini to‘g‘rilash uchun Rossiya IIV “Pasport-viza xizmati” (PVS) yoki migrasiya markazlariga murojaat qilishi kerak.

2025 yilning fevral oyidan boshlab Rossiyada noqonuniy yurgan xorijliklarga “rejim visilki” tartibi qo‘llanila boshlaydi. Bunda polisiya noqonuniy migrantlarni sud qarorisiz 48 soat ichida mamlakatdan chiqarib yuborish huquqiga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 23:35 25.10.2024. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!