Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Janubiy Koreyadan jiddiy qadam: janubliklar ham Rossiya-Ukraina urushiga aralashmoqchi

Janubiy Koreyadan jiddiy qadam:  janubliklar ham Rossiya-Ukraina urushiga aralashmoqchi

Seul Kiyevga qurol yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Seul Shimoliy Koreyaning Ukrainadagi urushda Rossiyaga qo‘shin kiritgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar yuzasidan indamay o‘tirmasligi haqida ogohlantirdi.

Chorshanba kuni AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Kirbi Oq uydagi matbuot brifingida kamida 3000 Shimoliy Koreya askari oktyabr oyining boshi va o‘rtalari orasida Rossiya sharqiga jo‘natilganini aytdi.

«Biz bu askarlar Rossiya harbiylari bilan birga jangga kirishadimi yoki yo‘qmi, bilmaymiz, ammo bu, albatta, katta ehtimollik», dedi Kirbi.

Janubiy Koreya dunyodagi eng yirik qurol eksportchilaridan biri, biroq Seul uzoq vaqtdan beri AQSh va boshqalarning Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlash haqidagi chaqiriqlariga qarshilik qilib keladi.

Biroq payshanba kuni Seul Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashni «ko‘rib chiqish»ini aytdi. Yun payshanba kuni Janubiy Koreya «xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda kerakli choralarni ko‘rishini» aytdi.

«Biz halokatli qurollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib bermaslik tamoyilini saqlab qolgan bo‘lsakda, Shimoliy Koreya kuchlarining harakatlariga qarab, buni yanada moslashuvchan tarzda ko‘rib chiqishimiz mumkin», dedi u payshanba kuni Seulda Polsha prezidenti Anjey Duda bilan uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida.

Yun va Duda strategik aloqalarni muhokama qilish va yil oxirigacha Janubiy Koreyaning K-2 tanklarini Polshaga eksport qilish bo‘yicha yangi shartnomani yakunlash uchun uchrashdi.

Har ikki yetakchi Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiyaga kiritilishini qoralab, bu global tahdid ekanligini ta’kidladi.

«Biz Shimoliy Koreyaning BMT nizomi va BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzuvchi Rossiyaga qo‘shin kiritishini global xavfsizlikka tahdid soluvchi provokasiya ekanligiga kelishib oldik», — dedi Yun muzokaralardan so‘ng.

Kiritildi: Bugun 17:36. O'qildi: 1234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!