Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya TIV AZAL samolyoti uchun sug‘urta to‘lovlari amalga oshirilganini ma’lum qildi, Ozarboyjon bu "chalg‘ituvchi da’volar" ekanini bildirdi

Rossiya TIV AZAL samolyoti uchun sug‘urta to‘lovlari amalga oshirilganini ma’lum qildi, Ozarboyjon bu "chalg‘ituvchi da’volar" ekanini bildirdi

Rossiya tashqi ishlar vazirligi Azerbaijan Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyotining halokati bilan bog‘liq sug‘urta to‘lovlari amalga oshirilmagani bo‘yicha tarqatilayotgan ma’lumotlarni fojiadan foydalanishga urinish va yolg‘on deb atadi.

Rossiyaning “AlfaStraxovaniYE” AJ sug‘urta kompaniyasi 2025 yil fevral oyidan boshlab Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining (Boku—Grozniy reysi) samolyoti halokati bilan bog‘liq sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirmoqda. Aviakompaniyaga samolyot uchun to‘liq sug‘urta qiymati — 1,003 milliard rubl (12,3 million dollardan ortiq) miqdorida tovon puli to‘lab berilgan.

Yo‘lovchilarning jarohatlanishi va 62 kishidan 46 nafarining halok bo‘lishi bilan bog‘liq da’volar to‘liq tartibga solingan. Jumladan, 15 nafar Rossiya fuqarosidan 7 nafari, 38 nafar Ozarboyjon fuqarosidan 35 nafari, barcha 3 nafar Qirg‘iziston fuqarosi va 6 nafar Qozog‘iston fuqarosidan 1 nafari bo‘yicha to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgan. Bugungi kunga kelib, samolyot yo‘lovchilari va halok bo‘lganlarning yaqinlariga jami 358,4 million rubl (taqriban 4,5 million dollar) miqdorida sug‘urta to‘lovlari amalga oshirildi, deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Boku Moskvaning da’volarini chalg‘ituvchi deb atadi. "Rossiya TIV tomonidan e’lon qilingan bayonot nafaqat hayratlanarli, balki jamoatchilikni chalg‘ituvchi tusga ega", dedi Ozarboyjon TIV matbuot kotibi Ayxan Hojizoda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan sug‘urta kompaniyasi tomonidan AZAL va uning yo‘lovchilariga amalga oshirilgan to‘lovlar bilan Ozarboyjonning samolyotni urib tushirgani uchun Rossiya hukumatidan talab qilayotgan kompensasiyasi mutlaqo turlicha masalalar hisoblanadi. Ozarboyjonlik rasmiyning ta’kidlashicha, kompaniya tomonidan ko‘rsatilgan sug‘urta to‘lovlari oxirgi olti oy davomida amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 25 dekabr kuni AZAL aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uchgan Embraer E190 samolyoti Qozog‘istonning Aqtau shahrida halokatga uchragan edi. Samolyot Ukraina dronlarining Kavkaz hududlariga hujumi paytida Kaspiy dengizi orqali Qozog‘istonga parvoz qilganidan keyin qulab tushgan. Halokat oqibatida 38 kishi qurbon bo‘ldi, 29 kishi omon qolgan.

Ozarboyjon samolyot Rossiyaning havo hujumidan mudofaa raketasi bilan urib tushirilganini da’vo qilmoqda. Rossiya esa tergov yakuniga yetmagani bois xulosaga shoshilmaslik kerakligini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 21:58 06.09.2025. O'qildi: 1284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!