Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiya terma jamoasi Qirg‘iziston bilan o‘rtoqliq uchrashuvi o‘tkazmoqda

Rossiya terma jamoasi Qirg‘iziston bilan o‘rtoqliq uchrashuvi o‘tkazmoqda

Deyarli bir yildan beri maydonga tushmagan Rossiya terma jamoasi ayni damda Bishkekda Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazmoqda.

O‘yin Moskva vaqti bilan soat 17.00 da boshlangan. Ikkinchi taymda hisob 1:1.

Valeriy Karpin jamoasi so‘nggi matchni 2021 yilning 14 noyabr kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tkazgan edi (0:1).

2022 yil mart oyidan boshlab Rossiya termasi pley-offda ishtirok etishi kerak edi, ammo Ukraina voqealari tufayli ruxsat berilmadi.

Valeriy Karpov aytishiga ko‘ra, ushbu o‘yin formani saqlab qolish uchun nazorat o‘yin bo‘ladi. Karpin buni rossiyalik futbolchilarning tayyorlik darajasini baholash imkoniyati sifatida ko‘rishini aytdi.

Navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvlari Eron va Bosniya va Gersegovina bilan o‘tkazilishi mumkin

Kiritildi: 20:48 24.09.2022. O'qildi: 2479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!