Moskvaning Taganskiy tuman sudi rossiyaliklar orasida eng mashhur messenjer Telegram'ni Uralni Rossiyadan ajratish haqidagi go‘yoki chaqiriqlar bilan bir qator kanallarni bloklashni istamagani va Ukraina Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun 4 million rubl miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda sud qaroriga tayanib, «TASS» xabar berdi.
«Roskomnadzor axborot resurslariga kirishni cheklash choralarini ko‘rish talablarini amalga oshirish doirasida Telegram axborot resursi egasi – Telegram Messenger Inc tashkilotiga murojaat qildi. – axborotni tarqatish tartibi buzilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomalar elektron shaklda yuborildi», — deyiladi hujjatda.
Telegram Rossiyada avval ham jarimaga tortilgan: iyunda, keyin esa iyulda. Har safar platformaning go‘yoki separatistik kontentni olib tashlashdan bosh tortishi sabab bo‘lgan.
Qayd etish joizki, bir qator janubiy viloyatlarda mashhur messenjer uch hafta davomida yo bloklangan yoki sekinlashgan. Dog‘iston🏳️ va Ingushetiyada🏳️ foydalanuvchilar Telegram'ga kirish uchun VPN xizmatlaridan foydalanadilar.
Taxminan 11 oktyabrdan 20 oktyabrgacha Shimoliy Kavkazning boshqa hududlarida, shuningdek, Krasnodar o‘lkasining ayrim hududlarida ham uzilishlar kuzatildi.