Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Tashqi razvedkasi Serbiyani Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishda aybladi

Rossiya Tashqi razvedkasi Serbiyani Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishda aybladi

Rossiya Tashqi razvedka xizmati “Serbiya harbiy sanoati Rossiyaga orqadan zarba bermoqchi” sarlavhasi ostida press-reliz e’lon qildi.

E’lon qilingan bayonotga ko‘ra, bu yetkazib berishlar “soxta sertifikatlar va vositachi davlatlar” ko‘rinishida, NATO'ga a’zo mamlakatlar, jumladan Chexiya, Polsha va Bolgariya yordamida amalga oshirilmoqda.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich agar serb o‘q-dorilari Ukrainaga yuborilishi ehtimoli bo‘lsa, bu kabi bitimlarni to‘sib qo‘yishini aytdi.

Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy foydalanuvchisi noma’lum bo‘lgan barcha shartnomalar tekshiruvdan o‘tkaziladi, bu borada rossiyalik hamkorlar bilan birga ishchi guruh tuzilgan. U shubhali kelishuvlar bekor qilinishini bildirdi. Shu bilan birga, Vuchich Serbiya harbiy-sanoat kompleksida 25 ming kishi ishlayotganini va bu zavodlar faoliyat yuritishi kerakligini ta’kidldi.

"Agar Afrikaga, Yevropa Ittifoqiga va Qo‘shma Shtatlarga qurol sota olmasak, uni qayerga eksport qilamiz? Biz Serbiya manfaatlari uchun ishlayapmiz", — dedi prezident.

Shu bilan birga, Serbiya rahbari bu masalani avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilganini ham aytdi, biroq uning tafsilotlarini oshkor etmasligini bildirdi.

O‘tgan yil iyun oyida Financial Times Serbiyadan uchinchi tomonlar orqali Ukrainaga yetib borgan o‘q-dorilar eksporti hajmi taxminan 800 million yevroni tashkil qilganini yozgan edi.

Kiritildi: 22:08 30.05.2025. O'qildi: 665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!