Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiya tashqi qarzini rublda to‘laydi - Volodin

Rossiya tashqi qarzini rublda to‘laydi - Volodin

AQSh Rossiya Federasiyasining tashqi qarziga xizmat ko‘rsatish uchun dollarda to‘lovlarni sun’iy ravishda taqiqlash orqali Rossiya uchun muammo yaratmoqchi, ammo Rossiya rublda to‘lovlarni amalga oshiradi, mamlakatda keraklicha mablag‘lar bor. Bu haqda Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Birinchidan, bizda to‘lovlar uchun barcha zarur mablag‘lar mavjud. Ikkinchidan, biz rublda to‘laymiz. Bu AQShning tanlovi. Ularning o‘zlari dollarda to‘lovlarni taqiqlab qo‘ygan. Bugun rubl sezilarli darajada mustahkamlandi va bizda bozordagi vaziyat yaxshi”, - deb yozdi Volodin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qarori AQSh Rossiyaning tashqi qarziga xizmat ko‘rsatish lisenziyasini uzaytirmaslik orqali mamlakat oldiga qo‘ymoqchi bo‘lgan muammolarga javoban qabul qilingan.

“Bizda rublda o‘zaro hisob-kitoblar tajribasi bor. Gaz shartnomalari buni ko‘rsatdi. Qo‘shma Shtatlar va ularning qarorlarini qo‘llab-quvvatlovchi yo‘ldoshlar rublga ko‘niksin”, - deya ta’kidladi Volodin.

Kiritildi: 07:00 26.05.2022. O'qildi: 4111 marta. Fikrlar soni: 19 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!