Bugun 3 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya sudi Googleʼni 2 undesillion rubl jarimaga tortdi

Rossiya sudi Googleʼni 2 undesillion rubl jarimaga tortdi

Rossiya sudi Youtube videoxostingida mahalliy telekanallarning akkauntlari tiklab berilishi borasidagi talablari bajarilmagani uchun Amerika kompaniyasiga undesillionlarda o‘lchanadigan jarima belgiladi. Bu haqda sud ishi bilan tanish manbasiga tayanib RBK xabar qilmoqda.

Bunda «Zvezda», «Perviy kanal», VGTRK («Rossiya 1», «Rossiya 24» va boshqa hududiy telekanallar), «Parlament televideniyesi», «Moskva Media», «TV-Sentr», NTV, «GPM», «Rossiya jamoatchilik televideniyesi », «Telekanal 360», «TRK Peterburg», «Pravoslav televideniyesi fondi», «Milliy sport telekanali», «Sentr texnologik kompaniyasi», shuningdek, teleboshlovchi Margarita Simonyanning YouTube kanalini yurituvchi xususiy tadbirkor «Simonyan M.S.» kabilarning umumiy da’vosi nazarda tutilgan.

RBK agentligining aniqlik kiritishicha, avvalroq sud ushbu OAVlarning akkauntlarini YouTubeʼda tiklash va bu talab bajarilmaganida yo‘qotilgan daromadni to‘lab berish majburiyati haqida qaror chiqargan. Sud qarori kuchga kirganidan so‘ng to‘qqiz oy ichida bajarilishi shart bo‘lgan. Talab bajarilmagan har bir kun uchun 100 ming rubl jarima belgilangan. Sud qarori bajarilmasa, har haftada summa ikki barobar ko‘payadi. Jarimaning umumiy summasi chegarasi belgilanmagan.

Sud jarayonining boshqa bir ishtirokchisi RBKga sentyabr oyida umumiy jarima miqdori 13 desillionga (13 ning ortida 33 ta nol bor) yetganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 19:40 29.10.2024. O'qildi: 1244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!